Nodavlat
ta`lim muassasasi

Kompyuter savodxonligi kurslari

Mazkur treningda uyda, ta’limda, biznesda qo’llaniladigan eng ommabop ilovalar ko’riladi.

Trening dasturi u yoki bu vazifalar uchun kerak bo’lgan dasturlarni to’gri tanlashga imkon yaratadi. Kursda eng ko’p e’tibor matnli protsesorlar, elektron jadvallar, taqdimotlar bilan ishlash negizlariga qaratiladi.

Treningda 8-10 kishidan iborat bo’lgan guruhlarda amaliy mashg’ulotlar o’tish yo’li bilan o’tkaziladi.

Dars vaqtida tinglovchilar olgan bilimlarini tajribada qo’llaydilar. Trening beshta moduldan tashkil topgan. Dastur tugagandan so’ng barch beshta modular mavzularidan iborat bo’lgan sertifikatlashgan testdan o’tib, oz bilimlarini sinab ko’rishlari mumkin. Testdan muvaffaqiyatli o’tish sertifikat topshirish bilan tugallanadi.

Trening strukturasi shundayki, ish joylarida mustaqil mashg’ulot va amaliyotlarni majburiy bajarish bilan maksimal effektga erishiladi.

Treningning davomiyligi – 2 soatdan 10 ta mashg’ulot. Bahosi – bitta tinglovchi uchun 350 000 so’m.

Treningning maqsadi: Tinglovchilarni kompyuterda bemalol ishlashga o’rgatish, internet va offis dasturlari bilan ishlashning oddiy ko’nikmalarini egallash, shuningdek amaliy misollarni echish uchun AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Trening AKT sohasida bilim darajasiga ega bo’lmagan foydalanuvchilarni kompyuter bilan ishlashga o’rgatish bilan birga kompyuter bilan ishlashning boshlang’ich bilimlariga ega bo’lganlarni o’qitish uchun mo’ljallangan.

Ikkinchi toifali tinglovchilar mazkur kurs bo’yicha o’qish davomida o’z bilimlarini chuqurlashtirishlari va kengaytirishlari eng asosiysi, birinchi navbatda, professional faoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan har xil amaliy mashqlarni bajarish uchun AKT imkoniyatlaridan foydalanish prespektivlarini ko’rishlari mumkin.

O’qish natijasida:

Xodimlar faoliyati samaradorligi oshadi;

Ular oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish vaqti qisqaradi;

Xodimlarning o’zaro hamkorlik jarayonlari optimallashadi;

MS OFFICE (WORD, EXCEL, POWERPOINT, OUTLOOK) ofis ilovalaridan foydalanish asosida baza treningi beshta qisimdan iborat bo’lib, har birini o’rganishga tahminan 2-3 dars kerak bo’ladi:

WORD bilan ishlash baz ko’nikmalari;

EXCEL bilan ishlash baz ko’nikmalari;

POWERPOINT bilan ishlash baz ko’nikmalari;

OUTLOOK bilan ishlash baz ko’nikmalari;

·         Internet syoring bilan tanishuv.

Bolalar uchun maroqli informatika

Bu trening bolalarni kompyuterdan foydalanayotganda o’zlarini ishonchli va dadil foydalanishlari, tashkiliy qismlari, kompyuterni qo’llanilishi, matnli va grafik redaktorlari, shu bilan birga matorikalari va e’tiborliklari rivojlanishi uchun imkoniyat beradi.

Kurs ko’p yillik ish tajribasiga ega bo’lgan psixolog va pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan.

Mashg’ulotlar o’yin tarzida o’tkaziladi, mavzularni tushuntirish jarayonida interaktiv materiallardan foydalaniladi.

Taqdimot, video, shuningdek pedagogik metodlardan: bumerang, savol-javob, ya’ni bolalar bilan interaktiv muloqot olib boriladi.

Treningda guruh o’quvchilari 6-8 kishidan iborat bo’lib, bu har bir bola uchun ko’proq vaqt ajratish imkonini beradi.

Trening davomiyligi 2-soatdan 8 ta dars.

Har bir tinglovchi uchun-80 000 so’m.

Har bir dars 2 qismga bo’lingan. Tanaffus vaqtida kofe-brek nazarda tutilgan.(kerak bo’lsa lanch)

Tinglovchilarni darsni qabul qilishlariga qarab har bir dars 45-50 minutga mo’ljallangan.

Tinglovchilarning talablariga qarab dars jadvalini 2 turga bo’lish mumkin. 8 ta darsni har kuni (1,5 hafta) yoki kun ora (2 hafta)

Treningning maqsadi: yosh tinglovchilarni kompyuterning qulayliklari va foydalanish qoidalari bilan tanishtirish. Bolalar kompyuterdan foydalanishni Paint, MS, word, Power Point dasturlarini bazoviy bilimlarini egallaydilar.

Trening 8 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun mo’ljallangan.

Tinglovchilarning boshlang’ich tayyorlovga talablar.

Yosh tinglovchilarni kompyuterdan foydalanishi.

O’qish jarayonida bolalar kompyuterdan foydalanishning elementar qoidalari bilan tanishadilar. Matnli va grafik redaktorlardan foydalanishga, taqdimot tayyorlashga o’rganadilar. Trening natijasiga ko’ra bolalarning olgan bilimlari asosida mustaqil ishlashlari kutib qolinadi.

Dasturning mazmuni.

• Kompyuterdan foydalanilayotganda texnika xavfsizligi. Dasturiy ta’minotning dialog darchalari va menyu tugmasi.(pusk tugmasi, moy kompyuter , tashuvchilar) bilan ishlash.

• Kompyuterda papka va fayllarni yaratish va ulardagi ma’lumotlarni ko’rish va saqlash.

• Hujjatlarni yaratish va kompyuterda ma’lumotlarni saqlash.

• Grafik fayllar bilan ishlash (grafik fayllarning turlari. Paint programmasi bilan ishlash.

• Microsoft Worddagi matnli hujjatlarni yaratish va saqlash.

• Grafika jadvalidan foydalanish (jadval turlari, vstavka turidagi jadvaldan foydalanish, jadvaldagi grafik elementlar.)

• Taqdimot yaratish (turli maketlardan foydalanish, rangli slaydlar, effektlar, rasmlarni ko’yish, rasm va video)

• Yakuniy mustaqil ish. (taqdim etilgan hujjat asosida taqdimot yaratish.

 

Связатся с вами ?